Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Soliq qarzi va "temir ot"ning jarima maydonida qolishi

Soliq qarzi va "temir ot"ning jarima maydonida qolishi

Bizning iqtisodiyotimizning poydevori – soliqlar! Har bir korxonaning davlatga xizmati, uning bunyodkorlik va rivojlanishdagi ulushi soliqlar orqali ko‘rinadi. Ammo, afsuski, hamma ham bu muhim majburiyatni anglamaydi.

Ana shunday e’tiborsizlik qarzdor "QMI"MCHJda jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.

Jamiyatning davlatga 1 milliard 200 million so‘mlik soliq qarzi borligi aniqlandi. Bu katta raqam, albatta, jiddiy choralarni talab qildi.

Qonun hamma uchun teng! Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorning mulkini xatlab, jarima maydoniga kiritishga haqli. Shu tartibda, "QMI"MCHJga tegishli SD 300 rusumli texnikasi ham jarima maydoniga "mehmon" bo‘lib kirdi.

Bu – qarzdorlikni undirish va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi majburiy qadam.

Kiritildi: 10:17 16.10.2025. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!