Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Soliq ma’muriyatchiligi yanada takomillashtiriladi

Soliq ma’muriyatchiligi yanada takomillashtiriladi

Qonun (O‘RQ–1071-son, 26.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikasiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi.

✔️ Shuningdek, qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari "Suv hisobi" axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

💰 Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibi yanada soddalashtirildi.

⏳Unga ko‘ra, boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish soliq to‘lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko‘ra soliq organlari tomonidan 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.

Kiritildi: 09:44 27.06.2025. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!