Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sodiq Safoyev yangi muddatga O‘zbekiston regbi federasiyasi raisligiga saylandi

Sodiq Safoyev yangi muddatga O‘zbekiston regbi federasiyasi raisligiga saylandi

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston regbi federasiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston regbi federasiyasi raisi Sodiq Safoyev, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, federasiyaning Ijroiya qo‘mitasi, viloyatlardagi vakillari, murabbiylar shtabi va sportchilar ishtirok etgan konferensiyada federasiyaning o‘tgan davrdagi faoliyati ko‘rib chiqilib, rahbariyat tarkibi shakllantirildi.

2019-2023 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. To‘rt yil mobaynida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining ovoz berishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston regbi federasiyasining raisi etib saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari Alisher Norboyev federasiya raisining birinchi o‘rinbosari, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov hamda Respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi Ziyovuddin Badriddinov federasiya raisi o‘rinbosari lavozimlariga saylandi.

Tadbirda federasiya ijroiya qo‘mitasi, taftish hay’ati va tartib-intizom qo‘mitasi tarkibi ham shakllantirib olindi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi yakunida mahoratli sportchilarni tayyorlash, regbi bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga zarur shart-sharoitlarni yaratish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Kiritildi: 17:26 29.03.2024. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!