Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Air India samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, sababi...

Air India samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, sababi...

Air India aviakompaniyasining Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyoti 8 may kuni Toshkentga favqulodda qo‘ndi.

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, AI-127 reysini amalga oshirayotgan samolyoti favqulodda qo‘nishiga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Samolyotda bo‘lgan 86 yoshli ayol yurak hurujiga uchragan. Shundan so‘ng ekipaj eng yaqin muqobil aerodromga borishga qaror qilgan.

Soat 06:44 da Air India aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ngan. Yo‘lovchi va uning hamrohi tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.

Soat 10:35 da e’lon qilingan xabarda qayd etilishicha, samolyot Toshkent aeroportidan uchishga hozirlanmoqda.

Kiritildi: 10:54 08.05.2024. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!