Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Sobiq ittifoq davlatlari rahbarlarining farzandlari qanday biznesga ega?

Sobiq ittifoq davlatlari rahbarlarining farzandlari qanday biznesga ega?

Sobiq sovet ittifoqi davlatlari prezidentlarining farzandlari biznesda katta muvaffaqqiyatlarga erishmoqda.

Sputnik Qirg‘iziston prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug‘ullanishini o‘rganib chiqdi. Aytishlariga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi juda boy.

Ozarbayjon

Ozarbayjon yetakchisi Ilxom Aliyevning oilasida uch nafar farzand bor: prezidentning yolg‘iz o‘g‘li Geydar o‘tgan yil kuzida harbiy xizmatga ketdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentning qizlari Leyla va Orzu ijtimoiy faoliyati bilan shug‘ullanadi. Xususan, Leyla Geydar Aliyevning jamg‘armasining rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Biroq, ayrim OAVlariga ko‘ra, ularda Ozarbayjon turli korxonalarida million dollarlik ulushi bor.

Armeniya o‘g‘il otasining ishini davom ettirmoqda

Prezident Armen Sarkisyanda ikki nafar o‘g‘li bor: Ayk va Vartan. Ular haqida ma’lumot juda kam. OAVlar yozishicha, Vartan - IT-ishbilarmon va axborot texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis. U Knightsbridge Group xoldingga rahbarlik qiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi axborot xavfsizligini ta’minlash. Armeniya konstitusiyasiga ko‘ra, prezident vakolatlari ko‘p emas, asosiy hokimiyat vakolatlari hukumat va parlament o‘rtasida taqsimlangan.

Qozog‘iston: Nazarboyevning qizi milliarder

Qozog‘iston prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning uch nafar qizi bor.

To‘ng‘ich qiz Dariga Nazarboyeva. Uning yoshi 55 da, u biznesmen, siyosatchi va diplomat Raxat Aliyevga turmushga chiqqan. Aliyev 2015 yilda vafot etgan. Oilada uch nafar farzand bor. Dariga Nazarboyeva OAVlarga rahbarlik qilgan, ishbilarmonlik bilan shug‘ullangan, Nurbank aksioneri ham bo‘lgan. Shuningdek, Asar partiyasiga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi deputati, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda parlamentning yuqori palatasida deputat bo‘lib ishlamoqda.

Ikkinchi qizi 51 yoshli Dinara Kulibayeva. U qozog‘istonlik ishbilarmon va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Ular oilasida bir nafar o‘g‘il, ikki nafar qiz bor.

Forbes jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 3,2 milliard dollar, shuncha mablag‘ uning turmush o‘rtog‘ida ham baholanmoqda.

Kulibayeva bank va moliya faoliyatidagi ishbilarmonlikdan tashqari hayriya ishlari, ta’lim loyihalari bilan shug‘ullanadi. U Qozog‘istonning fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.

Uchinchi qizi 38 yoshli Aliya uch marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li Aydar. Aliya ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Doniyor Xasenovga turmushga chiqadi, ularning oilasida ikki nafar qiz tug‘iladi. Uchinchi marta biznesmen va siyosatchi Dimash Dosanovga turmushga chiqadi. Oilada o‘g‘il va qiz paydo bo‘ladi.

Aliya biznes va ekologik loyihalar bilan shug‘ullanadi. Unda qurilish, suv va telekommunikasiya sohasida biznesi bor.

Ukraina: o‘g‘il sobiq biznesmen

Prezident Ukraini Petr Poroshenko s semyey vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Kiyeve. Sleva - doch Yevgeniya. Sprava nalevo - doch Aleksandra, sin Mixail i supruga Marina.

Petr Poroshenko oilasida 4 nafar farzand bor. Ulardan 3 nafar farzand 2000 yillarda tug‘ilgan. Poroshenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li 33 yoshli Aleksey, 2009 yilda otasining Roshen kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik davlat xizmatiga o‘tadi. Oxirgi bir necha yil davomida Ukraina parlamenti deputati lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Estoniya

Kersti Kalyulayd ikki marta tushmushga chiqqan, uning to‘rt nafar farzandi bor. Ikki nafar bolalarining yoshi juda kichik, katta farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda oz. Bir necha yil avval to‘ng‘ich qizi Silya Myardlya (Talvik) o‘qituvchi bo‘lib ishlashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Prezident o‘g‘li Siym Talvik Sorry As A Service startap rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Belarus, Gruziya, Qozog‘iston,Qirg‘iziston, Latviya, Moldova, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlarining farzandlari biznes bilan shug‘ullanishmaydi yoki ular haqida ochiq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim rahbarlarning farzandlari juda kichkina. Litva prezidentida esa umuman farzand yo‘q.

Kiritildi: 14:39 10.01.2019. O'qildi: 2059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!