Slovakiya axborot xizmati razvedkasi rahbari Ukraina fuqarosi hamda Slovakiya va Vengriya fuqarosi mamlakatning muhim infratuzilmasiga hujumlarni rejalashtirganlikda gumon qilinib, hibsga olinganini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, xizmat rahbari Pavol Gashpar matbuot anjumani chog‘ida hibsga olingan ikki shaxs boshqa mamlakatlar razvedka xizmatlari bilan birgalikda tergov qilinayotgan yirik xalqaro guruhning a’zosi ekanini aytdi.
Gashpar hibsga olinganlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi, lekin rasmiylar Slovakiya xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan "hech bo‘lmaganda razvedka darajasida ma’lum bir guruh shaxslarning uzoq muddatli muvofiqlashtirilgan faoliyatini hujjatlashtirganini" ta’kidladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, razvedka xizmatlari Slovakiya va Chexiyada bomba tahdidlarini uyushtirganlikda ayblangan bir shaxsni aniqlagan.
So‘nggi oylarda har ikki davlatda maktablar, sudlar va boshqa jamoat binolariga bomba qo‘yish tahdidlari ko‘p kuzatilgan, bu esa vahima va evakuasiyaga sabab bo‘lgan.