Slovakiya bosh vaziri Rossiya gazi tranziti to‘xtatilgani uchun Ukrainani elektr ta’minotidan uzish bilan tahdid qildi.
"Zarurat tug‘ilganda, biz elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatamiz, bu esa Ukrainada elektr uzilishlari paytida o‘ta jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladi", — dedi Robert Fiso.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 yanvarda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi gaz tranziti bo‘yicha shartnoma muddati tugaydi. Kiyev Rossiya gazining o‘z hududi orqali tranzit qilinishini xohlamasligini e’lon qilgan.