Karlo Anchelotti mavsum yakuniga qadar "Real"ni tark etishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko‘ra, murabbiy 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi finalidagi klasikodan so‘ng lavozimini tark etishi kutilmoqda. La Liganing qolgan o‘yinlarida, jumladan, 11 may kuni "Barselona"ga qarshi o‘yinda Anchelotti jamoani boshqarmaydi.
"Real" Chempionlar Ligasi 1/4 finalida "Arsenal"ga (1:2, 0:3) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. La Ligada jamoa mavsum tugashiga 7 tur qolganida "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, 2-o‘rinni egallab turibdi.