Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida, agar NATO 2021 yilda Rossiya bilan xavfsizlik kafolatlari haqidagi shartnoma loyihasini muhokama qilganida, hozirgi vaziyat yuzaga kelmasligi mumkinligini aytdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, diplomat bu muhokama bo‘lmaganidan afsusda ekanini bildirgan.
“Balki hozir aytayotgan gaplarim mantiqqa to‘g‘ri kelmas, lekin men bu muloqotlar bo‘lishini istardim. Chunki agar ular sodir bo‘lganida, biz hozirgi holatda bo‘lmasligimiz mumkin edi, - dedi Siyyarto.