"Munosabat" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Prezidentning Konstitusiya qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ko‘tarilgan dolzarb muammolar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Ko‘rsatuvda bahs-munozaralar davomida so‘z olgan otaxon o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida mahalla faollari bilan uchrashuv arafasida ularni "yaxshilab tayyorlashgani", "Prezidentni maqtaysan, siyosatni maqtaysan" deb rosa uqtirishganini oshkor qildi.