Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi

Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi

Shu yilning 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirlarda sodir bo‘lgan voqea butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgandi.

Viloyatning harbiy bloki rahbarlari (DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari) madhiya vaqtida qanday jest ko‘rsatishni bilmay shoshib qolishgani videoda muhrlangan va internetda juda tez tarqalgandi.

Ushbu hodisa ishtirokchilaridan biri — Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Shavkat Mavlonov lavozimidan ketgani bugun ma’lum bo‘ldi. Ikki yil avval ushbu vazifani egallagan Shavkat Mavlonovning qayerga ishga o‘tgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Kiritildi: 20:17 16.06.2021. O'qildi: 5787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!