Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida saylovoldi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Sirdaryoda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida saylovoldi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov, partiyaning Sirdaryo viloyat Kengashi raisi U.Sotiboldiyev, Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlar K.Ernazarov hamda P.Ahmedjonovalar ishtirok etdi.

“Davlat ham, islohotlar ham, avvalo, insonga xizmat qilishi kerak”. Partiyamiz ayni kunlarda ana shu g‘oya bilan o‘rtaga chiqmoqda. Partiya yurtimizdagi tinch-osoyishta hayot, barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuq va natijalar Prezidentimiz tashabusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilangan amaliy ishlar natijasi ekanini e’tirof etadi. Dastur ijrosini og‘ishmay hayotga tatbiq etishda partiya o‘zini amaliy ishlar partiyasi ekanligini namoyish qilishga bor kuch va salohiyatidan oqilona foydalanadi”, – deydi O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov.

“Saylovga sanoqli kunlar qoldi, – deydi partiya Sirdaryo viloyat Kengashi raisi USotiboldiyev. –Muhim siyosiy jarayonlarda g‘olib bo‘lish uchun O‘zLiDePning barcha a’zolarida yetarli imkoniyat, kuch va salohiyat bor. Nega desangiz, shu kunlarda har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, bo‘lajak saylovda birinchi marotaba qatnashishi kutilayotgan 2,5 millionga yaqin yigit-qiz partiyamizga katta ishonch bilan qarab turganini yurakdan his qilib turibmiz”.

Sirdaryo tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabida boshlangan targ‘ibot tadbiri tumanning “Doniyor shifo” maskanida davom etdi.

Mehmonlar va tadbir ishtirokchilari mazkur shifo maskanida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharogitlar va klinikaning to‘la quvvat bilan ishlashiga bugungi kunda to‘siq bo‘layotgan ayrim muammolarni o‘rganishdi va uni tez kunlarda bartaraf etish choralari ko‘rilishini bildirdi.

“Yoshim 85 da. Har kuni televideniye orqali partiyalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan debatlarni kuzatib boraman. Bugun partiyaning saylovoldi tadbirida ishtirok etib, O‘zLiDePga ixlosim ortdi. Yoshim ulug‘ bo‘lishiga qaramay mana shu partiyaga a’zo bo‘laman. Bo‘lajak  saylovlarda ham albatta partiya nomzodlariga ovoz beraman”, – deydi “Ziyokor” MFYda yashovchi Tirkash ota Rajabov.

“Doniyor-shifo” klinikasida o‘tgan tadbir ham mazmunli va maroqli, savol-javoblarga boy tarzda  o‘tdi.

Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

Kiritildi: 15:33 25.11.2019. O'qildi: 1733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!