Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda qarzdorning ko‘chmas mulki auksionga chiqarildi

Sirdaryoda qarzdorning ko‘chmas mulki auksionga chiqarildi

Banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar taqdim etib kelinmoqda.

Biroq, berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmay,kredit pulini to‘lamaslik xolatlari ham uchrab turibti.

Misol uchun, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining 21.08.2025 yildagi qaroriga asosan, kredit shartnomasi shartlarini bajarmagan qarzdor “M.G.G” MCHJdan davlat byudjeti foydasiga 5 mlrd. 638 mln. so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro hujjati talabini ihtiyoriy ravishda bajarish yuzasidan qarzdorga muddat berilib, bajarmaslik oqibatlari tushuntirilgan.

Belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor korxonaga tegishli qurilishi tugallanmagan bino xatlangan.

Bugungi kunda mazkur bino 5 mlrd. 651 mln. so‘mga baxolanib, auksion savdosiga chiqarilgan.

Kiritildi: 20:02 03.04.2026. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!