Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda aholiga iflos suv ichirayotgan mutasaddilar jazolandi

Sirdaryoda aholiga iflos suv ichirayotgan mutasaddilar jazolandi

Joriy yilning 23-iyun kuni Yangiyer shahar “Shukrona” MFY, Gulshan ko‘chasi 7 uy 3-xonadonda isitiqomat qiluvchi fuqaro B.X. tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga aholiga berilayotgan ichimlik suvining sifati yaxshi emasligi to‘g‘risida chiqarilgan lavha ostida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Yangiyer shahar bo‘limi xodimi Xusan Qobilov, “Sirdaryo suv ta`minot” MCHJ Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i F.Babaxanov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yangiyer shahar Kengashi raisi SH. Malikov hamda ijtimoiy tarmoqga murojaat qilgan fuqaro B.X. ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

Sirdaryoda aholiga iflos suv ichirayotgan mutasaddilar jazolandi

Foto:Sanitariya xizmati 23.06.2021 yil

Haqiqatdan ham joriy yilning 22-iyun’ kuni “Sirdaryo suv ta`minot” MCHJ Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan shahar aholisiga berilgan ichimlik suvi sifati bir muncha yomonlashgan, sababi bugugni kunda shaharning barcha hududlarida “Obod-mahalla”, “Obod-qishloq” davlat dasturi asosida ichimlik suvi tarmoqlari va kanalizasiya tarmoqlarini yaxshilash va qayta rekonstruksiya qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar davomida shaharning “Davlatobod” MFY hududidan o‘tgan markaziy ichimlik suvi quvurida rekonstruksiya ishlari davomida maxsus texnika ishlashi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ida avariya sodir bo‘lgan. Natijada markaziy ichimlik suvi tarmog‘i zararlanib ichimlik suviga tuproq qo‘shilishi natijasida loyqa suv chiqib ketgan.

Sirdaryoda aholiga iflos suv ichirayotgan mutasaddilar jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda olingan lavha joriy yilning 21 iyun kuni tasvirga olingan

Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning 22 may kuni Yangiyer shahrida joylashgan “SIRDARYO SUV TA`MINOT” MCHJ Yangiyer shahar bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish vakili bilan kelishilgan holda 19.05.2021 yildagi 63-sonli buyruqqa asosan O‘zbekiston Respublikasining 06.05.1993 yildagi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, 26.08.2015 yildagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya qoida va me’yorlari va gigenik normativlari ijrosini bajarilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tekshiruv davomida korxonaga qarashli suv xaydash inshootlari va artizian tik quduqlardan O`z DSt 950:2011 “Ichimlik suvi gigiyenik talablari va sifatini nazorat qilish” talablariga 24 ta ichimlik suvi namunalari olingan.

Sirdaryoda aholiga iflos suv ichirayotgan mutasaddilar jazolandi

Foto:Sanitariya xizmati 23.06.2021 yil

Tekshiruv natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan “SIRDARYO SUV TA`MINOT” MCHJ Yangiyer shaxar bo‘limi raxbari va korxona bosh muxandisiga nisbatan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari tartiblarini buzganligi haqida bayonnoma tuzilib mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Yangiyer shahar sudiga taqdim etirgan.

Yangiyer shahar sudi “SIRDARYO SUV TA`MINOT” MCHJ Yangiyer shaxar bo‘limi rahbari va korxona bosh muxandisiga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llangan.

Kiritildi: 07:46 24.06.2021. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!