Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryoda 1.2 milliard so‘mdan ortiq davlat byudjeti talon-taroj qilingan

Sirdaryoda 1.2 milliard so‘mdan ortiq davlat byudjeti talon-taroj qilingan

2021 yilning dekabr oyida Sirdaryo viloyat turizm va sport Bosh boshqarmasi tomonidan 24 turdagi jami 2612 dona sport anjomlarini xarid qilish uchun 7 ta firma bilan umumiy qiymati 1 mlrd. 976 mln. 778 ming so‘mlik 31 ta shartnoma tuzilgan. Lekin, Bosh boshqarma hamda firmalarning mansabdor shaxslari o‘zaro kelishgan holda sport anjomlarini sun’iy qimmatlashtirilgan narxlarda oldi-sottisini amalga oshirishgan.

Aniqlangan holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan sudga oid tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, umumiy o‘rtacha bozor qiymati 720 mln. 361 ming so‘mni tashkil etgan sport anjomlari 1 mlrd. 976 mln. 778 ming so‘mga sotib olinib, juda qo‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:07 27.07.2022. O'qildi: 2162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!