Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Djaxongir Erkinovich Zoxidov tayinlandi.

Djaxongir Zoxidov 1987 yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011 yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2012 yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 16:00 23.05.2024. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!