Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryo: agrar soha rivoji uchun bilim va ko‘nikma o‘rni muhim

Sirdaryo: agrar soha rivoji uchun bilim va ko‘nikma o‘rni muhim

Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini oshirish, sohaga investisiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish hamda aholi daromadini ko‘paytirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

📍Ayni shu maqsadda bugun Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi rahbar xodimlari, fermer va dehqon xo‘jaligi vakillari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

💬Seminarda vazirlik tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘g‘ri, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, o‘zidan yuqori turuvchi tashkilotlarga ma’lumotlarni taqdim etilishida ishni to‘g‘ri tashkil etish borasida tajriba almashildi.

✅Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar statistik hisoboti vijdonan yondashilgan holda aks ettirilgan bo‘lishi lozimligi qayd etdi.

Kiritildi: 14:43 29.03.2024. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!