Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Singapur Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi

Singapur Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub 23 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Poytaxtimiz aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Singapur Prezidenti va uning turmush o‘rtog‘ini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.Mahkamova, tashqi ishlar vaziri B.Saidov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi SH.Umurzoqov kutib oldi.

Oliy martabali mehmon va Singapur delegasiyasi a’zolari “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, mamlakatimizning istiqlol yillaridagi rivojlanishi va ushbu betakror majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:10 23.05.2023. O'qildi: 2690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!