14 dekabr kuni Sidneyda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 16 kishiga yetdi.
Bu haqda Yangi Janubiy Uels sog‘liqni saqlash vaziri Rayan Park ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bir bola ham bor va u Rendvikdagi Sidney bolalar kasalxonasida vafot etgan.
"Bu butun jamoamiz uchun, barcha avstraliyaliklar uchun juda dahshatli, ammo bu ayniqsa yahudiy jamiyati uchun juda qiyin", dedi Nine Today Show ko‘rsatuvida.
Vazirning aytishicha, otishmada yaralanganlardan 4 nafari bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.