Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sina qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi

A A A
Sina qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi


Surxondaryo viloyati Denov tumani Sina qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi.
Sina qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardor Niyazov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.


Mehmonlar Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti, sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida Sina qishlog‘ida milliy taomlar sayli tashkil etildi. Unda Termiz shahri va tumanlar o‘z hududlariga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi bilan qatnashdilar. Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar va yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan tomoshabinlar milliy taomlarni tayyorlash sirlari bilan tanishdilar.

Kiritildi: 15:29 03.11.2024. O'qildi: 1179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!