Bugungi kun futbolida istagan narsani topish mumkin: janjallar, tortishuvlar, g‘irromlik, simulyasiyalar va hokazo. Ayniqsa, simulyasiya oddiy holga aylanib ulgurdi. Birgina “PSJ” hujumchisi Neymarning xatti-harakatlari simulyasiya san’at darajasiga chiqqanini ko‘rsatib turibdi.
Yoki “Barselona” a’zosi Busketsning kulgili ayyorliklarini eslang. “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning penalti ishlash uchun qilgan xatti-harakatlari, kechagina yulduzga aylangan Mbappening ham yo‘q joydan jarima ishlashga urinishi... Bu futbolchilar Lionel Messining quyidagi harakatlarini ibrat qilib ko‘rsatish mumkin. Futbol halollik, mardlik bilan o‘ynalgani ma’qul.