Hindistonlik shifokorlar sigir go‘ngidan koronavirusga "davo" sifatida foydalanishdan ogohlantirmoqda. Shifokorlar najasni ishlatib, odamlar boshqa yuqumli viruslarni yuqtirish xavfi borligidan ogohlantirmoqdalar.
Koronavirus pandemiyasi Hindistonni vayronaga aylantirdi. Ayni paytda mamlakatda 22,66 million odam virus yuqtirgan va 246 116 o‘lim qayd etilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, haqiqiy raqamlar 5-10 baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Kasalxonalarda va krematoriyalarda joylar yetishmasligi, shuningdek, shamollatish apparatlari va dori-darmonlarning yetishmasligidan ko‘pchilik o‘lmoqda.
Hindistonning g‘arbiy Gujarat shtatida ba’zilar haftada bir marta tanalarini sigir go‘ngi va siydik bilan "qoplash" uchun sigirlarning boshpanalariga boradilar, bu ularning koronavirusga qarshi immunitetini oshiradi yoki tuzalishiga yordam beradi, deb umid qiladilar.
Induizmda sigir muqaddas hayvon hisoblanadi va hindular asrlar davomida sigirning tezagini shifobaxsh xususiyatlarga ega deb hisoblab, ibodat marosimlarida foydalanib kelishgan.
"Sigir go‘ngi yoki siydigi COVID-19ga qarshi immunitetni kuchaytirishi to‘g‘risida aniq ilmiy dalillar yo‘q, bu shunchaki e’tiqodga asoslangan", – deydi Hindiston Milliy tibbiyot assosiasiyasi rahbari J. A. Jayalal.