Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sifatsiz konserva mahsulotlari nega xavfli?

A A A
Sifatsiz konserva mahsulotlari nega xavfli?

Qish faslida ko‘pchilik uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishni ma’qul ko‘radi. Biroq bunday oziq-ovqatlardan zaharlanish ehtimoli yuqori.

SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarma boshlig‘i Anvar Shukurovning shu mavzudagi tavsiyalarini yozib oldi.

— Qayd etilgan holatlarning 40-45 foizi uy sharoitida tayyorlangan konserva va marinadlarga to‘g‘ri kelib, bunda hatto o‘limga olib keluvchi eng og‘ir turdagi zaharlanish — botulizm kasalligi rivojlanadi.

Chunki xonadon sharotida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan texnologik jarayonlarga rioya qilish imkonsiz. Vaholanki, botulizm qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitga o‘ta chidamli bo‘lib, 100 S darajada 6 soat, 120 S haroratda esa 10 daqiqagacha tirik qoladi.

Bu holatda:

nafas olish qiyinlashishi, qorin sohasida og‘riq, jismlar ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), ko‘z qovoqlari osilib qolishi (ptoz), yutinish qiyinlashishi va gapirish qobiliyati pasayishi;

ko‘ngil aynishi va qusish (ko‘pincha takrorlanadi);

umumiy holsizlik va zaiflik kabi belgilar namoyon bo‘ladi.

‼️Bunday vaziyatlarda shifokorga darhol murojaat qilish lozim. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasligi bemorning nafaqat sog‘lig‘i, balki hayotiga ham xavf solishi mumkin.

‼️ Buning oldini olishda eng oddiy, ammo samarali qoidalarga amal qilish yetarli. Ya’ni:

oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan joylardan, ularning yaroqlilik muddatlariga e’tibor qilgan holda xarid qilish;

sifati kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqatlarni sotib olmaslik;

oziq-ovqatlarni ortiqcha xarid qilmaslik, ularning saqlash sharoitlariga e’tibor berish;

taom tayyorlashdan avval yoki ovqat pishirish chog‘ida shaxsiy gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etish;

taomlarni me’yor darajasida tayyorlash va ularni iste’mol qilish qoidalari hamda madaniyatiga amal qilish lozim.

Kiritildi: 09:53 23.12.2022. O'qildi: 2594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!