«Xitoy va Yevropa o‘rtasida hech qanday geosiyosiy qarama-qarshilik yoki asosiy manfaatlar to‘qnashuvi yo‘q», deydi Si Szinpin.
Xitoy rahbarining Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuvidagi boshqa bayonotlari:
▪️Si Szinpin Vengriya bosh vazirining Ukraina mojarosini tartibga solishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
▪️Xitoy va Vengriyaning Ukrainadagi asosiy harakat yo‘nalishlari bir-biriga mos keladi.
▪️Ukrainadagi mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim.
▪️Xalqaro hamjamiyat Rossiya Federasiyasi va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklash uchun shart-sharoit yaratishi va yordam berishi kerak.