Shveysariyaning Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi barda yuz bergan portlashda 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
Bu haqda Le Nouvelliste gazetasi ma’lum qildi.
Bundan tashqari, kamida 100 kishi tan jarohati olgan, ularning ko‘pchiligi qattiq kuyishgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kurortda bir nechta portlashlar sodir bo‘lgan.
Hodisaga qaramay, dam olish maskani ochiqligicha qolmoqda.