Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Amsterdamda qariyb 150 yillik tarixga ega cherkov yonib ketdi

Amsterdamda qariyb 150 yillik tarixga ega cherkov yonib ketdi

Yangi yil arafasida Amsterdamning tarixiy markazi yaqinida qariyb 150 yillik tarixga ega cherkov yonmoqda.

Bu haqda NL Times xabar bermoqda.

Yong‘in yarim tundan keyin boshlangan.

"Bu monumental cherkovda kuchli va dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi. Bizning birinchi ustuvor vazifamiz - yaqin atrofdagi aholining farovonligi va xavfsizligini ta’minlash" - dedi Amsterdam meri Femke Xalsema.

Vondelkerk cherkovining minorasi yong‘in natijasida allaqachon qulab tushgan. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuasiya qilingan. Favqulodda vaziyatlar xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan cho‘g‘lar shahar markazi tomon yoyilgan.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!