Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Shveysariyadagi ish beruvchilarga masofadan ishlayotgan xodimlarning ijara haqini to‘lash majburiyati yuklandi

Shveysariyadagi ish beruvchilarga masofadan ishlayotgan xodimlarning ijara haqini to‘lash majburiyati yuklandi

Shveysariyadagi ish beruvchi korxonalarga masofadan turib ishlayotgan xodimlarining turarjoyi ijara haqining bir qismini qoplash majburiyati yuklandi. Bu haqda Swissinfo.ch yozmoqda.

Lozannadagi federal sud agar xodim «uy ofisi rejimi»ga o‘tkazilgan bo‘lsa, ish beruvchilar xodimning turarjoyi ijara haqining bir qismini qoplab berishi shartligi to‘g‘risida qaror chiqardi.

Qaror o‘zining ikki xonali kvartirasi oshxonasini ish kabinetiga aylantirishga majbur bo‘lgan buxgalteriya kompaniyasining xodimlaridan birining da’vo arizasini qanoatlantirish asnosida qabul qilingan.

Ish beruvchi sudda ularning xodim bilan kelishuviga ko‘ra hech qanday moddiy kompensasiya nazarda tutilmaganini ta’kidlagan. Biroq sud baribir, xodim tomonida turgan.

Endi shveysariyalik xodimlar ishdan bo‘shagan yoki bo‘shatilgan bo‘lsa kompensasiyani orqa sana bilan rasmiylashtirishlari ham mumkin. Har oyilik kompensasiya miqdori 150 shveysariya franki (154 AQSh dollari) miqdoriga teng bo‘ladi.

Kiritildi: 07:07 01.06.2020. O'qildi: 1342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!