Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shveysariya Ukraina bo‘yicha ikkinchi konferensiyani o‘tkazishni rejalashtirmayapti

Shveysariya Ukraina bo‘yicha ikkinchi konferensiyani o‘tkazishni rejalashtirmayapti

Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi Shveysariya Ukraina bo‘yicha ikkinchi konferensiyani o‘tkazishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi "Izvestiya" nashriga ma’lum qildi.

"Hozirda Shveysariya ikkinchi tinchlik konferensiyasini o‘tkazishni rejalashtirmayapti," - deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, TIVning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda mamlakat asosiy e’tiborini o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratmoqda.

O‘z navbatida, Rossiyaning Berndagi elchixonasi nashrga Rossiya tomoni Shveysariyani Ukraina mojarosida potensial vositachi sifatida ko‘rmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:30 24.12.2024. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!