Shveysariya Suriyadagi barcha tomonlarni xalqaro huquqni hurmat qilishga, tinch aholini himoya qilishga va zudlik bilan deeskalasiyani boshlashga chaqirdi.
Bu haqda Shveysariya TIV kommunikasiyalar departamenti rahbari Nikolya Bido X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Shveysariya Suriyada jangovar harakatlar avj olganidan xavotirda. U barcha tomonlarni xalqaro huquqni hurmat qilishga va tinch aholini himoya qilishga chaqiradi hamda BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyusiyasiga muvofiq keskinlikni zudlik bilan yumshatish va siyosiy jarayonni qayta tiklashga chaqiradi", - deb yozadi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, “Hayyat Tahrir ash-Sham” guruhi (sobiq “Jabhat an-Nusra”) Suriyaning qurolli muxolifati tarkibiga kiruvchi qator qurolli tuzilmalar bilan birgalikda 29 noyabr kuni shimoldan harakatlanib, Idlibdan Aleppo va Xama shaharlari tomon keng ko‘lamli operasiyani boshlagan edi. Bir kun o‘tib, 30 noyabr kuni Suriyaning ikkinchi yirik shahri va uning atrofidagi hududlar, jumladan, xalqaro aeroport va Kuveyris harbiy aerodromi isyonchilar nazoratiga o‘tdi. Shundan so‘ng, 2 dekabr kuni Suriya armiyasi Xama provinsiyasida avvalroq terrorchilik guruhlari jangarilari tomonidan bosib olingan bir necha aholi punktlarini ozod qildi.