Shveysariya hukumati agar Vladimir Putin va Donald Tramp shunday istak bildirsa, Rossiya va AQSh prezidentlarining kelgusida ehtimoliy uchrashuvi uchun maydon yaratishni xohlaydi, deb yozadi Le Temps nashri Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Nikol Bidoni iqtibos qilib.
"Burgenshtokdagi sammitdan so‘ng Ukraina, Rossiya va AQSh tinchlik o‘rnatish bo‘yicha har qanday diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligimiz haqida muntazam ravishda xabardor bo‘lib turishdi," - dedi Bido.