Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Shveysariya Gulnora Karimovaga taalluqli 131 mln dollarni ma’lum shartlar bilan O‘zbekistonga qaytarmoqchi

A A A
Shveysariya Gulnora Karimovaga taalluqli 131 mln dollarni ma’lum shartlar bilan O‘zbekistonga qaytarmoqchi

Shveysariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga taalluqli bo‘lgan hisob-raqamlardagi mablag‘lardan 131 million dollarga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergan. Ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan hadli kelishuvda bu haqda so‘z boradi.

Shveysariya hukumati bayonotida aytilishicha, O‘zbekiston qaytarilgan aktivlarni aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi kerak. Bundan tashqari, ushbu mablag‘lar xarajati ustidan shaffof monitoring o‘rnatilishi lozim. 

Gulnora Karimovaga taalluqli yana 715 mln dollarlik mablag‘lar muzlatib qo‘yilgan. Hozircha bu mablag‘lar Gulnoraga nisbatan jinoiy ish ketayotganligi uchun ushlab turiladi. Mabodo ushbu mablag‘lar qaytarilgan taqdirda ham yuqoridagi shartlar asosidagina O‘zbekistonga qaytariladi.
 

Kiritildi: 19:01 13.09.2020. O'qildi: 6222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!