Shvesiya va Finlyandiyani bog‘lovchi telekommunikasiya kabeli uzildi. Bu haqda Helsingin Sanomat nashri xabar berdi.
Uzilish kecha kechqurun Finlyandiya hududida aniqlangan. Finlyandiya polisiyasi uzilish jinoiy faoliyat sababli sodir bo‘lganini taxmin qilyapti. Shvesiya hukumati hodisadan xabardor etilgan.
So‘nggi paytlarda Boltiq dengizi hududida suv osti telekommunikasiya kabellari shubhali tarzda tez-tez uzilmoqda. 17 noyabr kuni Shvesiya va Litva, 18 noyabr kuni Finlyandiya va Germaniyani bog‘lovchi aloqa kabeli uzilgan edi.