"Ukraina Rossiya tomonidan asossiz va noqonuniy bosqinchilik urushiga duch kelmoqda. Xalqaro huquqqa ko‘ra, Ukraina urush qonunlariga rioya qilgan holda, dushman hududiga qaratilgan harbiy harakatlar orqali o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Shvesiya xalqaro huquq va Ukrainaning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi", — deya ta’kidladi Shvesiya mudofaa vaziri Pol Yonson.