Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi: "Din NATO kelishuvining bir qismi emas"

Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi: "Din NATO kelishuvining bir qismi emas"

Din va unga aloqador masalalar Turkiya, Shvesiya va Finlyandiya o‘rtasidagi NATOga a’zo bo‘lish haqidagi memorandumning bir qismi emas. Bu haqda Shvesiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrem aytib o‘tdi.

Billstrem Shvesiya matbuotiga bergan intervyusida o‘z mamlakati Shvesiya, Finlyandiya va Turkiya o‘rtasida tuzilgan memorandumning barcha shartlariga amal qilayotganini aytib, din kelishuvning bir qismi emasligini qayd etdi. Vazir yaqinda Shvesiyada "Qur’on" yoqib yuborilgan voqeadan Turkiya nima uchun xafa bo‘lganini tushunishini qo‘shimcha qildi.

«Endi vaziyatni har tomondan yumshatish zarur», dedi u va Turkiya bilan muzokaralar davom etayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:42 02.02.2023. O'qildi: 2372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!