Shvesiya hukumati 2025 yilda "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" media korporasiyasiga 20 million kron (2 million dollar) ajratishga qaror qildi.
Bu haqda hukumat devonxonasi xabar bermoqda.
Uning press-relizida aytilishicha, qaror "jurnalistlarni va go‘yoki mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishning bir qismi" hisoblanadi. U "Amerikaning yordam ko‘rsatish siyosatining o‘zgarishi" munosabati bilan qabul qilingan.
Shvesiya Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, 2024 yilda Sharqiy Yevropadagi jurnalistlar va inson huquqlari himoyachilarini qo‘llab-quvvatlovchi ikki tashkilotni qo‘llab-quvvatlash hajmini oshirdi. Yevropa demokratiyani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi har yili 20 mln o‘rniga 35 mln kron (mos ravishda 3,5 mln dollar va 2 mln dollar), Praga fuqarolik jamiyati markazi esa 10 mln o‘rniga 20 mln kron (mos ravishda 2 mln dollar va 1 mln dollar) oladigan bo‘ldi.