Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

A A A
Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Ozarboyjonning Qorabog‘ viloyatidagi Shusha shahri 2024 yil uchun Islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.

Bu haqda Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida ma’lum qilindi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi.

Shusha shahri Ozarboyjon tarixiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, islom sivilizasiyasi ramziga aylandi.

2022 yil Ozarboyjonda Shusha yili deb e’lon qilindi. Shusha madaniy hayotini jonlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musiqa bayramlari, she’riyat kunlari, ko‘plab mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TÜRKSOY) Shusha shahrini 2023 yil uchun turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qildi.

Kiritildi: 07:06 27.09.2023. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!