Shri-Lanka sharqida neft sisternalarini olib ketayotgan poyezd yovvoyi fillar podasi bilan to‘qnashib ketdi.
Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Hodisa juma kuni erta tongda Sharqiy provinsiyadagi Batikaloa-Kolombo yo‘nalishida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida ikki fil halok bo‘ldi, bir qancha hayvonlar jarohatlandi. Lokomotiv va to‘rtta neft baki relsdan chiqib ketgan, ulardan ikkitasi ag‘darilib ketgan. Poyezdlar harakati to‘xtatildi va avariya oqibatlarini bartaraf etishga bir necha kun kerak bo‘ladi.
Shri-Lankada fillar muqaddas hisoblangan va qonun bilan himoyalangan bo‘lsa-da, mamlakatda har yili 200 ga yaqin hayvonlar, asosan, poyezdlar bilan to‘qnashuvlar va o‘z yerlarini hayvonlar hujumidan himoya qilgan fermerlarning o‘ldirishlari natijasida nobud bo‘ladi. Har yili 50 ga yaqin Shri-Lankalik hayvonlar yashaydigan joylar yaqinida qurilgan uylariga fil hujumi oqibatida halok bo‘ladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Shri-Lankadagi fillar soni 7 mingga yaqin.