21 avgust kuni Yevropa Konferensiyalar Ligasi so‘nggi saralash bosqichida «Bashakshehir» o‘z maydonida Ruminiyaning «Universitatya Krayova» klubini qabul qilib, imkoniyatni boy berdi — 1:2.
Bellashuvda istanbulliklar safida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi maydonga tushdi — Eldor Shomurodov to‘liq o‘ynadi; Abbos Fayzullayev esa 77-daqiqada bahsga qo‘shilib, yangi jamoasida va yevrokuboklardagi debyutini o‘tkazdi.
O‘yindan so‘ng turli portallar futbolchilarga qo‘yilgan baholarni e’lon qildi. Shomurodov SofaScore bo‘yicha 6,3 ballga, FlashScore bo‘yicha esa 6,1 ballga loyiq ko‘rildi. Bu — eng yomon 3-ko‘rsatkich. Faqat Eldorning jamoadoshlari Kristofer Operi (6,2) va Faruk Beyoz (6,2) undan ham kamroq ball olgan.
Zaxiradan qo‘shilgan Fayzullayevga esa 6,7 (SofaScore) va 6,4 (FlashScore) ball berildi.
Ma’lumot uchun, javob bellashuvi 28 avgust kuni Ruminiyada o‘tkaziladi. Juftlik g‘olibi turnirning asosiy bosqichiga yo‘l oladi.