Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Shomurodov Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

A A A
Shomurodov Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

"Roma" va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasidan Germaniya Bundesligasi tomon jo‘nash ehtimoli bor.

Jurnalist Nikolo Skiraga ma’lum bo‘lishicha, hujumchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. Agar termamiz sardori Leverkuzen jamoasiga o‘tsa, u yerda Eron terma jamoasi forvardi Serdar Azmun bilan birga to‘p tepadi.

Insayderning qayd etishicha, Rim klubi Shomurodov uchun taxminan 13-14 million yevro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.

Eldor "Roma"ga 2021 yilning yozida borib qo‘shilgan. 2022/2023 yilgi mavsumda hujumchi 9 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 27 yoshli hujumchining "Roma" bilan kelishuvi 2026 yilda yakuniga etadi.

Kiritildi: 21:04 24.01.2023. O'qildi: 3063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!