Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shols: "Ukrainadagi mojaro bo‘yicha muzokaralar vaqti keldi"

Shols: "Ukrainadagi mojaro bo‘yicha muzokaralar vaqti keldi"

Ukrainadagi mojaroda tinchlikka qanday erishish mumkinligini muhokama qilish vaqti keldi.

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ZDF telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Menimcha, hozir biz ushbu urush holatidan tinchlikka qanday tezroq o‘tishimizni muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan paytdir" - dedi Olaf Shols. U yana Rossiyaning inqirozni hal qilish bo‘yicha yangi sammitda ishtirok etishini yoqladi va "har qanday holatda ham" Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini ta’kidladi.

"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va men Rossiyaning unda vakili bo‘lishi kerak degan fikrdamiz", dedi u.

Shuningdek, Olaf Shols Kiyevga yordam berish uchun hamma narsani qilishda davom etishini ham qayd etdi.

Kiritildi: 21:55 08.09.2024. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!