Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaning qo‘llab-quvvatlashi tufayli saylovda yutqazishi mumkin.
Bu haqda Politico xabar bermoqda.
"Federal saylovlarda yutqazishi mumkin bo‘lgan Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyev uchun juda muhim bo‘lgan 3 milliard yevrolik harbiy yordam paketini tasdiqlashga harakat qilmoqda, ammo bu unga siyosiy jihatdan zarar yetkazishi mumkin," - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, uning partiyasi 15% qo‘llab-quvvatlash bilan so‘rovlarda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.