Yaqin Sharq, Ukrainadagi urush uchun Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar, qochqinlar va Anqaraga nemis qurollarini yetkazib berish kutilayotgan asosiy mavzular. Har biri o‘ziga xos tarzda qiyin.
🔹 Shunday qilib, 2023 yilda, HAMASning Isroilga qilgan teraktidan ikki oy o‘tib Germaniyaga tashrifi chog‘ida Turkiya prezidenti bu guruhni «ozodlikchi» deb atadi va Germaniyani Isroil oldidagi «ayb psixologiyasi»da aybladi. Shunda Shols Berlin va Anqara bunday «qiyin damlarda» «to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot»ni davom ettirishi kerakligini aytdi.
🔹 Germaniya rasmiylari Turkiya Rossiya Federasiyasiga qarshi G‘arb sanksiyalariga qo‘shilishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Turkiya Amaliy tadqiqotlar markazidan siyosatshunos Yens Bastian fikricha, Germaniya kansleri «masalan, prezident Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi bojxona ittifoqiga yangi turtki bermoqchi bo‘lsa», bu shartlarni aniq belgilab qo‘yishi kerak.
🔹 Shubhasiz, Shols Germaniyadan ko‘proq rad etilgan turk boshpana izlovchilarni vatanlariga deportasiya qilish masalasini ham ko‘taradi. Turkiya Germaniyadan boshpana izlovchilar kelib chiqishi bo‘yicha Suriya va Afg‘onistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Rad etishlarning aksariyati kurdlarga tegishli, deydi CATS rahbari Hyurkan Asli Aksoy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Turkiya har hafta 500 tagacha shunday qochqinni deportasiya qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Buni rasmiy tasdiqlagani yo‘q.
🔹 Qurollarga kelsak, Turkiya havo kuchlari uchun 40 ta Eurofighter qiruvchi samolyotini sotib olmoqchi. Biroq, Germaniya ularni Ispaniya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan birgalikda ishlab chiqaradi va to‘rtta davlat ham etkazib berishga rozilik berishi kerak. Erdog‘an avvalroq Berlinni bu yo‘nalishda «qat’iy qadamlar» olishga chaqirgan. Shu bilan birga, 2024 yil sentyabr oyida Turkiyaga kamida 236 million yevrolik nemis qurollari, jumladan, zenit-raketalar va torpedalar eksporti allaqachon tasdiqlangan edi.