ChatGPT, Berliner Zeitung nemis nashri ko‘rsatmalariga ko‘ra, Shols tinchlik tashabbusi bilan Rossiya va Ukrainaga murojaat qiladigan vaziyatni simulyasiya qildi.
Sun’iy intellekt Shols nomidan yozgan maktubida muloqotga chaqirdi va Rossiyaning «qonuniy xavfsizlik manfaatlarini» tan oldi.
Zelenskiydan ChatGPT zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash masalasini ko‘rib chiqishni talab qildi.
Shartnoma loyihasida u o‘t ochishni to‘xtatish, o‘zaro to‘qnashuv chizig‘ida qurolsizlantirilgan hudud va Donbassga «muxtoriyat» berishni taklif qilgan.