Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shols Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Shols Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Germaniya kansleri Olaf Shols 16 sentyabr kuni Samarqanddagi Xalqaro turizm akademiyasiga tashrif buyurdi.

2023 yilda Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida ochilgan akademiya turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha yuqori malakali va talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash markazi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘quv muassasasi bitiruvchilariga BMT Turizm tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan e’tirof etiladigan diplomlar beriladi.

Oliy martabali mehmon akademiyada yaratilgan sharoitlar hamda O‘zbekistonda zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdi.

Kiritildi: 13:40 16.09.2024. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!