Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shols Istanbulga boradimi?

 Shols Istanbulga boradimi?

Germaniya kansleri Olaf Shols 19-oktabr kuni Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashib, Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qiladi.

Bu haqda Germaniya hukumati matbuot kotibi Volfgang Byuxner hukumat matbuot anjumanida ma’lum qildi.

✍️ Migrasiya, ikki tomonlama va iqtisodiy siyosat masalalari ham kun tartibida bo‘ladi, dedi Buxner, tafsilotlarga to‘xtalmasdan. U faqat Turkiyaning Ukrainadagi urush borasida Germaniya uchun juda muhim hamkor ekanligini ta’kidladi.

Germaniyaning Der Spiegel gazetasi xabariga ko‘ra, Germaniya uzoq yillardan beri birinchi marta Turkiyaga keng ko‘lamli qurol eksportiga ruxsat berdi. Yashirin yig‘ilishlar o‘tkazuvchi Germaniya Xavfsizlik kengashi Turkiyaga 368 million dollarlik qurol-yarog‘ sotishni ma’qulladi, deb yozadi nashr.

Xabar qilinishicha, paket turk floti uchun 100 ta zenit-raketa va torpedalar, shuningdek, turk suv osti kemalari va fregatlarini modernizasiya qilish uchun muhim materiallar paketini o‘z ichiga oladi.

Germaniya ham dastlab Turkiyaning Eurofighter bo‘yicha so‘rovini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Der Spiegel.

Germaniya kansleri oxirgi marta Turkiyaga 2022 yilning martida, lavozimga kirishganidan bir necha oy o‘tib kelgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:47. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!