Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Shoira Otabekova "Tarona Records"dan ketgach «zapret»ga tushgani va Shahzoda bilan o‘rtalaridagi xafagarchilik haqida gapirdi

Shoira Otabekova "Tarona Records"dan ketgach «zapret»ga tushgani va Shahzoda bilan o‘rtalaridagi xafagarchilik haqida gapirdi

Xonanda Shoira Otabekova «Shok.uz» YouTube kanaliga bergan intervyusida Tarona Records Records’dan ketganidan so‘ng uzoq yillar norasmiy «zapret»ga tushgani haqida so‘zlab berdi.

«Men, ‘Setora’ guruhi va Shahzoda kelishib, mustaqil ijod qilish uchun ‘Tarona’dan ketmoqchi bo‘lganmiz. Men va ‘Setora’ ketganmiz. Shahzoda prodyuserimizga turmushga chiqib qolib ketgan. Ana o‘shanda orqamizdan har xil gap-so‘zlar bo‘lgan. Bizning o‘zaro gaplashadigan gap-so‘zlarimizni u yerda xo‘jayinga boshqacha yetkazishlar, yomon ko‘rsatishlar bo‘lgan. Mana bular nonko‘rlik qilib chiqib ketishdi, yaxshilikni bilmadi, shuncha biz bularga mehr berdik, shuncha tarbiya berdik, shuncha pul tikdik, lekin bular yaxshilikni bilmadi, deyishgan.

O‘shandan keyin bir necha yil hamma joydan ‘zapret’ bo‘lganman. Bu haqda avval hech qayerda gapirmaganman. Zo‘r konsertlarda chiqa olmaganman, qo‘shiqlarim radiolardan olib tashlangan. Yaqinda radioda ishlaydigan bir yigitni ko‘rdim. Mana endi radiodagi ‘zapret’dan chiqdingiz, dedi. O‘sha vaqtda televideniyelarda ham turli bahonalar bilan kliplarim o‘tmasdi», — deydi Shoira Otabekova.

Boshlovchining «Shahzoda bilan orangiz nimaga yaxshi emas?» degan savoliga Shoira Otabekova quyidagicha javob berdi:

«Qanday yaxshi bo‘lishi kerak? O‘shanda yuzimizga kulib, chiroyli gapirib, orqamizdan shunaqa ishlar qilgan. Hozir biz umuman gaplashmaymiz, salom-alik ham yo‘q», — deydi xonanda.

Kiritildi: 11:58 02.10.2021. O'qildi: 4932 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!