Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Shirinlikning ayrim turlari qomat uchun zararli emas

Shirinlikning ayrim turlari qomat uchun zararli emas

Shirinlikni xush ko‘ruvchi insonlar desertlardan butunlay voz kechishlari shart emas. Faqatgina qanday turdagi shirinlikni iste’mol qilish masalasiga diqqat qaratsalar bo‘lgani.

Parhezshunos Yelena Solomatina tarkibida shakar nisbatan kam bo‘lgan, tabiiy kletchatkaga ega mahsulotlar iste’moli qomatga katta zarar yetkazmasligini ma’lum qildi.

Shirinlik tarkibidagi kletchatka shakarning organizm tomonidan “so‘rilishiga” to‘sqinlik qiladi. Zefir, pastila, sharbat, marmelad va uy sharoitida tayyorlangan murabbo ana shunday shirinliklar sirasiga kiradi.

“Engil tamaddi uchun meva hamda rezavorlar mos keladi, ammo ularning tarkibidagi tabiiy shakar miqdori katta, shu sababli ularning iste’moliga ham mukkasiga ketish yaramaydi”, dedi mutaxassis.

Kiritildi: 05:00 01.05.2021. O'qildi: 2302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!