Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shimoliy Koreyada koronavirus sabab dori-darmon tanqisligi vujudga keldi

Shimoliy Koreyada koronavirus sabab dori-darmon tanqisligi vujudga keldi

Bir muddat avval Shimoliy Koreya rasman mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning birinchi holatini qayd etganini ma’lum qilgan edik. Ayni damda mamlakatda COVID-19' infeksiyasi tarqalishi ortidan dori-darmonlar tanqisligi vujudga kelgan.

Qayd etilishicha, dori-darmonlar dorixonalarga o‘z vaqtida yetib kelmayotgani ta’kidlangan. Bunda Vazirlar Mahkamasi va sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari ayblangan.

Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati dori-darmonlarni davlat zaxirasidan ajratish, shuningdek, dorixonalarni kechayu-kunduz ishlashga o‘tkazishni buyurgan edi. Dori-darmonlar tanqisligi fonida davlat ommaviy axborot vositalari odamlarga xalq tabobati yordamida davolanishni taklif qildi. Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti shimoliy qo‘shnisiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

“Agar Shimoliy Koreya javob bersa, biz ular uchun hech qanday dori-darmon, jumladan, COVID-19ga qarshi vaksinalarni ham ayamaymiz. Shuningdek, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiyot xodimlarini yuborishga tayyormiz”,— degan Janubiy Koreya Prezidenti.

Hozircha bu bo‘yicha Pxenyandan hech qanday javob kelmagan.

Kiritildi: 21:23 18.05.2022. O'qildi: 1391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!