"KXDR rasmiylari 21 may kuni yangi harbiy esminesni suvga tushirish vaqtida yuz bergan hodisa munosabati bilan kemasozlik zavodining uch nafar mansabdor shaxsini hibsga oldi", deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ham ishtirok etgan marosim chog‘ida 5000 tonnalik kema muvozanatini yo‘qotib, korpusi shikastlangan va tubining ba’zi qismlariga zarar yetgan.
Kim Chen In bu hodisani “ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va ilmiy asosdan yiroq harakatlar oqibatidagi jinoyat” deb atadi.
Koreya Markaziy telegraf agentligining xabar berishicha, hibsga olinganlar orasida esmines qurilgan Chxonjin kemasozlik zavodining bosh muhandisi, qurilish rahbari va ma’muriy menejer bor. Xabarda ularning “falokat uchun javobgar ekani” aytilgan.