Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon uzoq masofali ballistik raketani uchirdi, deb xabar berdi Yaponiya va Koreya harbiylari. Snaryad bir soatdan ortiq uchib, suvga qulagan.
Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi mahalliy vaqt bilan soat 10:00da uchirishni qayd etdi, deb xabar beradi Yonhap. Janubiy Koreya harbiylari Qo‘shma Shtatlar bilan “yaqin hamkorlikda” to‘liq shay holatda ekanligini ma’lum qildi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi raketaning suvga qulaganini qayd etdi. Avvalroq harbiylar mamlakatning 550 kmlik eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga chiqib ketishini bashorat qilgandi, deb xabar bermoqda NHK . Baliq ovlovchi qayiqlarga halokatni ko‘rganlarida yaqinlashmaslik tavsiya qilindi. Mudofaa vazirligi qit’alararo ballistik raketa tik trayektoriya bo‘ylab uchirilganini istisno qilmaydi. Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsunoning aytishicha, Tokio Pxenyanga keskin norozilik bildirgan.
KXDR oxirgi marta 15-iyun kuni raketa uchirdi. Uzoq masofali raketalarning oxirgi uchirilishi 13-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Umuman olganda, Pxenyan 2023-yil boshidan beri 12 ta ballistik raketa uchirishni amalga oshirdi.